SO‘ZLAR SEMANTIK TARAQQIYOTINING LUG‘ATLARDA AKS ETISHI



Mualliflar:

JO‘RAYEV Ilyos Ro‘ziqulovich

DOI:
Annotatsiya:

So‘zda yangi mavhum va maxsus ma’noning paydo bo‘lishi o‘ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Bu jarayon ko‘p hollarda so‘z semantik hajmining kengayishi orqali sodir bo‘ladi. Shuningdek, so‘zlarning o‘zlashishi ham undagi ma’nolarning ortishi – yangi yondosh va hosila ma’nolarda qo‘llanishiga sabab bo‘ladi, ya’ni so‘z o‘zining bir ma’no qirrasi bilan o‘zlashadi. Yoki so‘zlar o‘zlashish jarayonida o‘zining avvalgi leksik ma’nosining bir jhati bilan o‘zlashib, mazkur ma’no asosida saqlanib qolsa, o‘z qatlam sifatida boshqa ma’no qirrasi bilan shakily va ma’noviy taraqqiyotga yuz tutadi. Mazkur maqolada “Charog‘i hidoyat” lug‘atini o‘rganish jarayonida so‘zlarning ma’noviy taraqqiyoti hodisasidan ayrimlari (og‘o, bojiy, xotun) ni leksikografik manbalar asosida keltirib o‘tish va mazkur so‘zlarning etimologiyasi hamda shakily va ma’noviy etimonlari ko‘rsatib berilgan.