Jurnalimizning so'ngi 4 soni.
2024-yil.
2023-yil.
2023-yil.
Muallif (yoki hammualliflar) tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “Turkologik tadqiqotlar” ilmiy jurnalining ruknlariga mos kelishi shart. Maqola xalqaro andozalar talabi doirasidagi bandlarga ega bo‘lishi lozim. Maqola mavzusi (Title) qisqa ko‘rinishga ega bo‘lib, maqolaning tadqiqot yo‘nalishini aniq ifodalashi lozim. Maqola mavzusi o‘zbek, turk hamda ingliz tillarida taqdim etilishi shart.
Ushbu qismga muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili, telefon raqam kiritiladi.
Maqolalarning qisqacha annotasiyasi 10-12 qatordan oshmagan, o‘zbek, rus, turk va ingliz tillarida keltiriladi. Annotasiyada tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini ochib berish metodologiyasi, tadqiqot natijalari, maqolaning mazmunidan kelib chiqqib muallifning ilmiy va amaliy hissasini qisqacha bayoni keltiriladi.
Maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit so‘zlar hisoblanadi. google.com, scholar.google.com elektron qidiruv tizimida maqolani tez topish uchun kalit so‘zlarning har biri asosiy matn tarkibida o‘rtacha 6-8 marta takrorlanishi tavsiya qilinadi.
Kirish qismida tadqiqot muammosi, uning maqsad va vazifalari yoritiladi. Kirish qismida tadqiqotning dolzarbligini, ilmiy ahamiyati yoritib berilishi lozim.
Mavzuga doir adabiyotlar tahlili tadqiqot olib borilayotgan muammo yuzasidan muallifning bilim va tasavvurga ega ekanini namoyon etuvchi band hisoblanadi. Adabiyotlarning tahlili mazkur mavzu doirasidagi bilimlarni oshiradi va tadqiqot yuzasidan paydo bo‘ladigan savollarni yanada oydinlashtirishga ko‘maklashadi. Ma’lumki, har qanday tadqiqot ishi ushbu sohada yaratilgan avvalgi bilimlar negiziga yaratiladi. Adabiyotlar sharhi, sohadagi jurnal maqolalari va boshqa turdagi ma’lumot manbalari asosida amalga oshadi.
Tadqiqotning eng muhim qismi hisoblanib, o‘tkazilayotgan tadqiqotning umumiy xaritasi, tadqiqot yo‘nalishi va natijaga olib boruvchi hisoblanadi. Tadqiqot yo‘nalishini belgilash, tadqiqot muammosining yechimiga qaratilgan rejasini tuzish, tadqiqot uchun zaruriy axborotlarni yig‘ish, tadqiqot etikasini belgilash, tadqiqot strategiyasini aniqlash bo‘yicha qaror qabul qilish asosida qo‘yilgan muammoning aniq yechimiga olib chiquvchi yo‘lni belgilashdir. Metodologiya qismi tadqiqot uchun tanlangan yo‘lning ishonchliligini asoslash orqali namoyon bo‘ladi.
Tadqiqotning tahlil qismida yig‘ilgan ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi. Bunda faqatgina tahlil usulining natijalari ifoda etiladi. Natijalar bo‘yicha muhokama maqolaning keyingi qismining vazifasi hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalarining aniqlanganligi, tadqiqot bo‘yicha tug‘ilgan muammolarining yechimini topganligi, tadqiqotning asosiy natijalariga va tadqiqotga umumiy xulosalar, takliflar va tadqiqotdan kelib chiqib, tadqiqot ishi yo‘nalishlari maqola xulosa va takliflari qismining asosini tashkil etishi lozim.
Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro’yxati [1], [2] yoki [3] ketma-ketligida qo’yiladi: