Samarqand davlat universiteti huzuridagi Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti tomonidan nashr qilinayotgan “Turkologik tadqiqotlar” jurnalining 2025-yildagi so'nggi 4 (9)-sonni chop etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu songa turkiy til va shevalar, Markaziy Osiyo turkiy xalqlari lisoniy va adabiy aloqalari tarixi, ijtimoiy-madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga bog'liq maqolalar qabul qilinadi. Jurnalga oʻzbek, turk, rus, ingliz va barcha turkiy tillarda yozilgan maqolalar qabul qilinadi. Maqolalarni jurnalning rasmiy saytidan ro‘yxatdan o‘tish, elektron pochta (turkologiya.samdu@gmail.com) orqali yoki Telegramdagi (@Turkologiya2025) manziliga yuborishingiz mumkin. Maqola yuborish talablari bilan sayimizning "Jurnal haqida" bo'limidagi "Mualliflar uchun talablar" bo'limi orqali tanishishingiz mumkin. Maqolalar qabuli uchun oxirgi kun: 5-dekabr 2025 yil.