“Turkologik tadqiqotlar” jurnalining 2024-yildagi so'ngi soni uchun maqolalar qabuli boshlandi

NEWS
2024-12-01
“Turkologik tadqiqotlar” jurnalining 2024-yildagi so'ngi soni uchun maqolalar qabuli boshlandi

Samarqand davlat universiteti huzuridagi Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti tomonidan nashr qilinayotgan “Turkologik tadqiqotlar” jurnalining 2024-yildagi so'nggi sonni chop etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu songa turkiy til va shevalar, Markaziy Osiyo turkiy xalqlari lisoniy va adabiy aloqalari tarixi, ijtimoiy-madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga bog'liq maqolalar qabul qilinadi. Jurnalga oʻzbek, turk, rus, ingliz va barcha turkiy tillarda yozilgan maqolalar qabul qilinadi. Maqola yuborish uchun jurnalning rasmiy saytidan ro‘yxatdan o‘tish yoki elektron pochta orqali yuborish usularidan foydalanishingiz mumkin. Maqola yuborish talablari bilan sayimizning "Jurnal haqida" bo'limidagi "Mualliflar uchun talablar" bo'limi orqali tanishishingiz mumkin. Maqolalar qabuli uchun oxirgi kun: 17-dekabr 2024 yil.