TURKMANLARNING JOYLASHISHI TARIXI (ZARAFSHON VODIYSI MISOLIDA)



Mualliflar:

UMAROV Anvar Shuxratovich

DOI:
Annotatsiya:

Oʻrta Osiyoning eng qadimiy xalqlaridan biri turkmanlar boʻlib, bu mintaqaning turli hududlarida, jumladan, Oʻrta Osiyo (Markaziy Osiyo) daryolar oraligʻining markaziy mintaqalarida – Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon vodiysida joylashgan. Vodiydagi mashhur turkman urugʻlaridan boy va qadimiy anʼanalar, marosim va urf-odatlarni saqlab qolgan turkman-chandirlar va turkman-xizr-eli (yoki Xidir-eli)ning etnik-ijtimoiy xususiyatlari yetarlicha oʻrganilmagan. Aynan zarafshon vohasi hududida turkman elatining joylashuvi va etnik tarixiga doir ma’lumotlar bir qancha mutaxassislar tomonidan e’lon qilingan ilmiy ishlarda uchraydi. Biroq, ushbu tarixiy jarayonni yaxlit aks ettiruvchi ilmiy maqolalar kam. Ushbu maqola Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan turkman etnik guruhlarning, Zarafshon havzasi hududlariga kelib joylashish tarixi va joylashuv geografik oʻrnini oʻrganish masalasi yoritiladi.