UMAROV Ulug‘bek Abdujabborovich
Ushbu maqolada Turon vohasining tosh davri manzilgohlaridan topilgan taqinchoqlarning kelib chiqishi, yasalish materiallari, estetik va kosmogonik vazifalari, ijtimoiy tengsizlik koʻrsatkichi haqida soʻz boradi. Ma’lumki, soʻnggi tosh davriga kelib mehnat qurollari takomillashib, ibtidoiy san’at vujudga kelgan, yana bir muhim oʻzgarish turli materiallardan yasalgan zargarlik buyumlaridan foydalanish boʻlgan. Ta’kidlash joizki, Turon hududida soʻnggi paleolit davriga oid zargarlik buyumlari dunyoning boshqa mintaqalariga nisbatan ancha kam topilgan. Shuningdek, taqinchoq buyumlarining yaratilishi qadimgi odamlar ongidagi katta oʻzgarishlarning moddiy koʻrinishi sifatida ham namoyon boʻlganligini koʻrish mumkin. Maqolada, soʻnggi tadqiqotlar asosida Turon hududi, unga tutash hududlar va dunyoning boshqa qismlarida soʻnggi tosh davri zargarlik buyumlarining oʻrganilishi va u bilan bog‘liq muammolar ilmiy adabiyotlar asosida yoritilgan.