Sunnatillo RASHIDOV
Ushbu maqolada Karmana nomining kelib chiqishi etimologiyasi, joylashuvi va arxeologik jihatdan oʻrganilishi haqida soʻz boradi. Oʻtgan yillar davomida Karmana tumanida joylashgan Burquttepa, Chillatepa, Koʻhna Qoʻrgʻon, Kaltepa va Kunjaktepa yodgorliklarida arxeologik tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqotlar jarayonida bu hududda qadimgi va ilk oʻrta asrlarga oid koʻplab yodgorliklar qayd etilgan boʻlib, mazkur maqolada Karmana tumanidagi soʻnggi arxeologik tadqiqotlar va ularning natijalari xususida soʻz yuritilgan.