JANUBIY OʻZBEKISTON TOʻDA-1 NEOLIT DAVRI MAKONI



Mualliflar:

BERDIQULOV Mirolim

DOI:
Annotatsiya:

Surxondaryo viloyati, xususan, Boysun tog‘lari tosh davri boʻyicha yangidan yangi kashfiyotlarni tuhfa etishdan charchamayapti. Bu yerda oʻrta paleolit davridan boshlab tosh davrining barcha bosqichlariga oid madaniyatlar taraqqiyoti oʻz aksini topgan. Oʻrta paleolit davriga: Teshik-tosh, Amir-Temur, Katta-Qoʻrg‘on; soʻnggi paleolitga: Teshik-tosh-2 va Qorong‘i-Dara va mezolit davriga Machay g‘ori hamda neolit davriga Qaynar-Kamar va yangi – Toʻda-1 g‘or makonlari kiradi. Toʻda-1 g‘ori madaniy yotqiziqlaridan olingan radiokarbon tahlillar 200 sm chuqurlikdagi qatlamlar uchun eng qadimgi sanani berdi: 5800±30 ming yillar, kalibrovkalashgan sanalar esa: 6670 - 6503 ming yilliklarni tashkil qildi. Yodgorlikning quyi qatlamlari uchun bunday koʻrsatgichlar ancha yosh sanalarni berdi. Bunday xulosalar arxeologik materiallar bilan ham oʻz isbotini topadi, ya’ni kremniydan boshqa tosh jinslaridan ishlangan tosh buyumlarning ustki qismi yedirilgan va ba’zan ularni aniqlash qiyin holatlarga ega. Bu holat shuning bilan tushuntirilishi mumkinki, g‘orning markaziy qismi neolit davridayoq qoʻporilib oʻyilib tushgan va katta teshik hosil qilgan hamda undan g‘orga suv kirib turgan. Aftidan, g‘orning kirish qismida joylashgan yirik harsang tufayli uning madaniy qatlamlaridagi materiallar pastga oqib ketmagan, balki g‘orning ichidagina aralashib ketgan. Markaziy Osiyo neoliti tizimida Toʻda-1 g‘ori materiallarining madaniy xosligi masalasida hozirda aytish mumkinki, ular Boysun tumanidagi, 70 km shimoliy-sharqda joylashgan Qaynar-Kamar g‘ori materiallari bilan yaqin analogiyalarga ega. Toʻda-1 g‘oridagiga oʻxshash mayda-mikro industriyalar nafaqat Qaynar-Kamarda, balki Sazag‘on madaniyati yodgorliklarida ham uchraydi.