OʻZBEKISTONNING TOSH DAVRI USTAXONALARI



Mualliflar:

ERGASHEV Odil Tursunovich

DOI:
Annotatsiya:

zamonlardan insoniyatning ilk vakillari tomonidan oʻzlashtirilgan. Tadqiqotlarning natijasiga qaraganda, Turon hududida odamzod vakillari paleolit, ya’ni ibtidoiy toʻda davrining ilk bosqichidan boshlab uzluksiz yashab kelgan. Demak, mintaqa bundan bir million-yuz ming yillar oldin mintaqa odamzod tomonidan oʻzlashtirilgan va paleolit davrining keyingi bosqichlarida bu jarayon izchil davom etgan. Fikrimizni mintaqada aniqlangan koʻp sonli tosh davri makonlari ham tasdiqlaydi. Bu makonlar olimlar tomonidan keng miqyosda tadqiq etilmoqda. Biroq qadimgi odamlarning tafakkur darajasining rivojlanishi, minerealogik bilimlarini koʻrsatuvchi tosh davri ustaxonalari yaqin yillargacha kam tadqiq etilgan edi. Maqola soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda tosh davri ustaxonalarini tadqiq etish boʻyicha amalga oshirilgan tadqiqot natijalariga bagʻishlanadi.