ISHLAB CHIQARISH IQTISODIYOTINING ILK KURTAKLARI (ZARAFSHON VOHASI)



Mualliflar:

XOLMATOV Normahammad Oʻrazovich, XOLMATOVA Zarifa Normahammadovna, KARIMOV Rufat Uktamovich

DOI:
Annotatsiya:

Mazkur maqola mazmuni Zarafshon vohasida ishlab chiqarish iqtisodiyotining ilk kurtaklari masalasini yoritishga bag‘ishlangan. Bunda dastavval jahon tarixshunosligida ishlab chiqarish iqtisodiyoti shakllanishi va rivojlanishi, ya’ni “Neolit inqilobi” tarixiy jarayoni va bu haqda mavjud boʻlgan ilmiy konsepsiyalar, yondoshuvlar ma’lumotlari keltirilgan. Shuningdek, Oʻrta Osiyo miqyosida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlarda qoʻlga kiritilgan ishlab chiqarish iqtisodiyotini asoslovchi ashyolar, manbalar ilmiy tahlili natijalariga e’tibor qaratilgan. Oʻzbekiston hududi, xususan Zarafshon vohasi miqyosida amalga oshirilgan arxeologik izlanishlar natijalari, yangi neolit davri yodgorliklari manbalari ilmiy talqin etilib, ishlab chiqarish iqtisodiyoti shakllanishi va rivoji haqida ma’lumotlar keltirilgan.