Zokir BAYNAZAROV, Zarifa XUSANOVA
Ushbu tadqiqotda tinish belgilarining yozuv tizimidagi ahamiyati, ularning shakllanish tarixi va lingvistik xususiyatlari keng yoritiladi. Maqolada tinish belgilarining dastlabki shakllari qadimgi yozuv tizimlarida qanday paydo boʻlgani va rivojlanganligi koʻrib chiqiladi. Ayniqsa, oʻzbek yozma nutqi madaniyati tizimida punktuatsiyaning shakllanishi, Fitrat tomonidan taklif etilgan terminologiya va ularning zamonaviy oʻzbek tilshunosligida, jumladan, tinish belgilariga xos atamalarning nomlanishi qanday oʻzgarishlarga uchragani tahlil qilinadi. Tinish belgilarining rasmiy va norasmiy qoʻllanilishi, xususan, badiiy matnlarda muallif punktuatsiyasining emotsional va stilistik jihatlari ham batafsil koʻrib chiqilgan. Tadqiqot davomida dunyo tillarida punktuatsion belgilarning paydo boʻlishi, oʻzbek punktuatsiyasi tarixi, jumladan, qadimgi turkiy bitiktoshlarda, Islom davri manbalari sifatida “Qutadgʻu bilig” va boshqa yozma yodgorliklarda tinish belgilarining qoʻllanilishi, ularning funksional vazifalari va qoʻllanish xususiyatlari fikr yuritiladi. Shuningdek, tinish belgilarining lingvopoetik ahamiyati, ularning badiiy matnlardagi shakllari va oʻquvchida hosil qiladigan ekspressiv ta’siri muhokama qilinadi. Shu bilan birga, zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tinish belgilariga ta’siri, internet matnlarida ularning qoʻllanilishi haqida fikr yuritilgan. Oʻzbek tilidagi punktuatsiya tizimining yanada rivojlanishi, yangi tinish belgilarining paydo boʻlish ehtimoli va tilshunoslikda tinish belgilarining oʻrganilishi istiqbollari haqida xulosa chiqariladi.