QASHQADARYO SHEVASIGA XOS O‘ZLASHMALAR TAHLILI



Mualliflar:

MUXAMMADIYEV Nodir Rustamzoda

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Qashqadaryo shevasidagi o‘zlashma so‘zlarning zamonaviy qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilingan. Tilshunos olimlar G‘.Abdurahmonov, S.Mamajonov va Z.M.Qodirov tomonidan ishlab chiqilgan tasniflarga tayanib, arab, fors-tojik, rus, ingliz tillaridan kirib kelgan birliklarning Qashqadaryo shevasidagi fonetik va semantik moslashuvi tushuntirilgan. Maqolada tarixiy jarayonlar, Islom madaniyati va Buyuk Ipak yo‘li rivoji munosabati bilan yuzaga kelgan o‘zlashmalar bilan birga, “market”, “kompyuter”, “internet” kabi so‘nggi davr global atamalarning tez ommalashuvi misollar bilan ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, Qashqadaryo shevasida so‘z ma’nosining kengayishi va yangi ma’no kasb etishi, talaffuzdagi aksentli shakllar, semantik o‘zgarishlar ham chuqur o‘rganilgan. Bu jarayonlar hududning etnik tarkibi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq ekani izohlangan. Tadqiqot natijalari Qashqadaryo shevasining boy lingvistik merosi va boshqa hududlar bilan aloqalarini yanada chuqurroq tushunishga ilmiy asos yaratadi.