FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING TURLI TIZIMLI TILLARDA NAMOYON BOʻLISHINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI



Mualliflar:

DJUMAMURATOV Kuanishbay

Annotatsiya:

Ushbu maqolada rang atamalarini oʻz ichiga olgan frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor qoraqalpoq va qozoq tillarining frazeologiyasiga qaratilib, rang ifodalarining semantik, pragmatik va stilistik xususiyatlari oʻrganiladi. Ranglar nafaqat vizual belgilar, balki madaniy, emotsional va timsolli ma’nolar tashuvchisi sifatida frazeologiyada muhim oʻrin tutadi. Muallif turkiy tillarning oʻxshash va farqli jihatlarini solishtirma yoʻsinda koʻrsatadi, bu esa madaniyatlararo muloqotda ranglar orqali ifodalangan til xazinasini tushunishga yordam beradi. Tarjimada yuzaga keladigan muammolar, rang atamalarining toʻg‘ri ekvivalentga ega emasligi tufayli yuzaga chiqadi. Ranglar inson tafakkuri, psixologiyasi va madaniyatiga bog‘liq holda tilda aks etadi. Frazeologik birliklarni chuqur tahlil qilish orqali milliy ong, madaniy qadriyatlar va tilning estetik tomonlarini yoritish imkoniyati yuzaga keladi. Ushbu tadqiqot madaniyatlararo tushunishni chuqurlashtirish va til boyligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.