OQ VA QORA LEKSEMASI TAHLILI



Mualliflar:

ERNAZAROV Rahmon Rahim oʻg‘li, MAVLONOV Ahmadjon

Annotatsiya:

Ushbu maqolada oʻzbek tilidagi rang bildiruvchi leksik birliklarning tarixiy-etimologik shakllanishi va semantik xususiyatlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Z. Ma’rufov, G‘. Abdurahmonov, O. Madrahimov, M. Sodiqova va Z. Pardayevning asarlari asosida rang-tus bildiruvchi soʻzlarning dastlabki oʻzbek tilshunosligidagi tadqiqotlari yoritilgan. Shu bilan birga, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” va Alisher Navoiy asarlaridan olingan misollar asosida rang birliklarining qadimiy shakllanishi va semantik boyligi namoyon etilgan. Maqolada “oq” va “qora” rang soʻzlari asosiy tahlil ob’ekti sifatida olingan boʻlib, ularning tarixiy ma’nolari, ramziy talqinlari va xalq og‘zaki ijodida tutgan oʻrni izchil yoritilgan. Shu bilan birga, Berlin va Kayning universal rang tizimi nazariyasi hamda turli madaniyatlarda ranglarning semantik oʻzgarishlari maqola asosiy g‘oyalarini boyitgan. Natijada maqolada rang bildiruvchi leksika nafaqat tilshunoslik, balki madaniyatshunoslik va antropologiya nuqtai nazaridan ham chuqur tahlil etilib, uning xalq tafakkuridagi oʻrni va madaniy-estetik ahamiyati ilmiy asoslangan holda ochib berilgan.