HAYKU JANRI VA UNING OʻZBEK ADABIYOTIGA TA’SIRI



Mualliflar:

ATABAYEVA Guljahon Zufarovna

Annotatsiya:

Istiqlol davri she’riyatining qisqalikka intilishi (yapon, xitoy, koreys she’riyatidagi tanka, xokku, syaoshi she’r shakllaridan foydalanish) shunchaki modaning ketidan quvish emas, balki falsafiy asosga egadir. Keyingi yillar she’riyati oʻquvchidan aql-zakoni, intellektual salohiyat va intallektual hozirlikni talab qiladi. Shuningdek, poeziyaning oʻz asl manbasiga qaytganligi, nazokatli ifodalar orqali tasvirlashga oʻtilganligi istiqlol davri oʻzbek she’riyatiga xos asosiy xususiyatlardan biri boʻldi deyish mumkin. Keyingi yillar oʻzbek she’riyatida shakl va vazn, she’riy qoliplardan chekinish, she’r faqat estetik zavq beruvchi vazifasidan biroz chetlanish kuzatildi. Bularning oʻrnini siqiqlik, shu ixchamlik bilan hajman juda katta asarlarga jo boʻlishi mumkin boʻlgan gʻoya, fikrni bera olish, oʻquvchini oʻzini oʻziga tanitish, ma’naviy va ruhiy olamning pokligi, muqaddasligini anglatuvchi donishmandlik satrlari bilan boyidi. Maqolada shu haqida soʻz boradi. “Hayku” janri va uning oʻziga xos jihatlari, oʻzbek adabiyotidagi uchlik janrlar va Yapon she’riyatining oʻzbek adabiyotiga ta’siri haqida soʻz boradi.