BOYMIRZAYEV Akbarali Mingboyevich, NAZIROV Salimbek Olim oʻg‘li
Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tilidagi ayrim frazeologik birliklar qiyoslanib, ularning semantik-stilistik va struktual tomonlari izohlandi. Misollar yordamida ikki tildagi frazeologizmlarning oʻxshash va farqli xususiyatlari aniqlandi. Shuningdek, oʻzbek va ingliz tillaridagi iboralar va maqollarni oʻzaro muqobillashtirish hamda frazeologik til korpusini yaratish boʻyicha takliflar berildi. Maqolada turg‘un birikmalarni ta’riflash, ularning semantik va sintaktik tuzilishlarini solishtirish, shuningdek, lingvistik va ijtimoiy farqlarni hisobga olish kabi masalalar yoritildi. Mavzuni yoritish davomida ingliz va oʻzbek tillaridagi maqollardan namunalar berilgan.