DUSMURATOV Qahramon Mamadiyevich
Iqbol Mirzoning “Bonu” romani zamonaviy adabiyotda badiiy psixologizmning yorqin namunasidir. Asar ayol qahramon Bonuning ichki portretini chizib beradi, uning hissiyotlari, orzulari va ijtimoiy muammolari bilan kurashishini aks ettiradi. Bonu oʻz shaxsiyatini shakllantirish jarayonida, atrofidagi ijtimoiy komplekslar va psixologik toʻsiqlarga duch keladi. Ushbu maqolada Iqbol Mirzoning oʻziga xos badiiy uslubi bilan oʻquvchini Bonuning ichki dunyosiga chuqur kirishga undaydi va uni oʻz muammolari bilan birga hayotning murakkabligi haqida oʻylashga majbur qiladi.