XUSHBOQOV Qobilbek Shokirovich
Maqolada Shafoat Rahmatullo Termiziy she’riyatida fonetik takrorlar ahamiyati yoritilgan. Badiiy matndagi intensivlik, ekspressivlik va emotsionallik bilan bir qatorda adib nazarda tutgan ma’no, asosiy mazmun yoki badiiy qahramon tabiatidagi alohida xususiyat va shu kabilarga urg‘u berishda qoʻllaniladigan vositalardan biri takrordir. Takrorning boshqa vositalardan farqi shundaki, mazkur vosita orqali bajarilishi lozim boʻlgan vazifa oʻquvchiga (yoki tinglovchiga) yaqqol ayon boʻladi. Takror badiiy matnda, shuningdek, og‘zaki nutqda va yozma nutqning turli shakllarida (publitsistika, ilmiy va rasmiy nutqlarda) ham keng qoʻllaniladigan lisoniy hodisadir. Maqolada takrorning asosiy vazifalaridan biri – ifodani kuchaytirish, nutq egasi oʻzi nazarda tutgan ma’no, mazmun, ohang va manzaraga urg‘u berish va buni tinglovchiga maksimal anglatishdir. Shu bilan birga, takrorlar she’riyatda ritmni barqaror saqlab turish vazifasini bajarish uchun ham xizmat qiladi.