TURKIY ADABIYOTDA G‘AZAL JANRI RIVOJIDA NOMALARNING OʻRNI



Mualliflar:

Dilorom MUMINOVA

Annotatsiya:

Mumtoz adabiyotimizda keng tarqalgan va sermahsul ijod qilingan janrlardan biri bu noma janri boʻlib, noma tarkibida ishqiy mavzu doirasida turli xil obrazlar talqinida ishqiy fikr va gʻoyalar ochib berilgan. Bu esa keyingi davrda ijodkorlar e’tiborini tortib alohida janr sifatida ijod qilish an’anasi yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Turkiy adabiyotda noma janri fors-tojik adabiyoti ta’sirida yuzaga kelgan boʻlib, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarida ham bir necha gʻazallar mavjudligini kuzatish mumkin. G‘azal janri haqida toʻxtalar ekanmiz avvalambor gʻazalning ilk koʻrinishlari haqida fikr bildiradigan boʻlsak, X asrda Roʻdakiy va uning zamondoshlari ijodida yuzaga kelganligini kuzatish mumkin. Bu davrda g‘azal janrining takomili yoʻlida ilk qadamlar tashlandi. Keyingi davrda esa fors-tojik g‘azaliyoti ta’sirida oʻzbek tilida ilk g‘azallar yaratgan ijodkor Xorazmiydir. Bundan tashqari Hofiz Sheroziyning g‘azalnavislik mahoratini chuqur oʻzlashtirgan Xorazmiy oʻz ijodiy faoliyatida uning bu boradagi an’analarini izchil davom ettirdi. Xorazmiyning “Muhabbatnoma”si ikki tilda yozilganligi, “Ochunda porsiy daftarlari bor”ligi shoirning har ikki til adabiyotini yaxshi bilishi hamda “Muhabbatnoma”ni yozgunga qadar katta ijodiy maktabni oʻtaganligini dalillaydi.