SHOKIROV Raxmatulla Shavkat oʻg‘li, TOXIROVA Sarvinoz Xusenovna
Mazkur maqolada Sadriddin Ayniy ijodining o‘zbek, tojik va boshqa turkiy xalqlar adabiyotiga qo‘shgan hissasi, jadidchilik harakatidagi faoliyati hamda ikki tilli (zullisonayn) yozuvchi sifatida ilmiy merosining ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Ayniyning asarlari orqali ilgari surilgan ilm-ma’rifatga intilish, ijtimoiy adolat, milliy uyg‘onish g‘oyalari, uning o‘zbek-tojik adabiy aloqalarini mustahkamlashdagi xizmatlari va turkiy dunyo bilan madaniy ko‘prik vazifasini bajarganligi ilmiy asosda ochib beriladi. Shuningdek, Turkiya ilmiy-adabiy muhitida Ayniy merosining tadqiq etilishi ham ko‘rib chiqiladi. Ayniy ijodining turk adabiyotidagi mushtarakligi, uning G‘arb va Sharq g‘oyalari bilan uyg‘unligi va hozirgi kun uchun dolzarbligi qayd etiladi. Shu jihatdan maqola filologiya, tarix, madaniyatshunoslik sohalari tadqiqotchilari uchun qimmatli manba bo‘lib, ayni paytda uning xulosalari bugungi adabiyot va ilm-fan rivoji uchun muhim amaliy ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi.