“JAVOBIYA” AN’ANASINING MOVAROUNNAHR SHOIRLARI IJODIDAGI O‘RNI



Mualliflar:

Foziljon SHUKUROV

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Amir Temur va temuriylar hukmronligi davridagi Movarounnahr adabiy muhitida javobnavislik (“javobiya”) yoki tatabbu’ an’anasining shakllanishi va rivojlanishi, hamda Kamoliddin Mas’ud Xo‘jandiy, Xoja Ismatulloh Buxoriy, Bisotiy Samarqandiy, Xayoliy Buxoroiy kabi shoirlar ijodi tahlil qilingan. Shuningdek, Samarqandning adabiy markaz sifatidagi o‘rni va bu muhitning adabiy maktablar bilan bog‘liqliklari ham o‘rganilgan. Shoirlar o‘rtasidagi ijodiy raqobat, she’riy mushoira an’analari, javobnavislikning ijobiy va salbiy jihatlari hamda mazkur yo‘nalishning Movarounnahr adabiy taraqqiyotidagi o‘rni yoritilgan.