SATTOROV Begzod Arislonovich
Ushbu maqolada xitoy va turkiy adabiyotda konnotativ nominatsiya hodisasi qiyosiy tahlil qilinadi. Konnotativ nominatsiya tilshunoslik va adabiyotshunoslikda so‘z yoki obrazning bevosita nominativ ma’nosidan tashqari qo‘shimcha hissiy, estetik va madaniy mazmunlarni ifodalash jarayoni sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda xitoy adabiyotidagi oy, o‘rik guli, daryo, qushlar va bambuk obrazlari misolida ramziy ma’nolar ochib berilgan. Shuningdek, turkiy adabiyotda oy, lola, daryo va qush obrazlarining konnotativ funksiyalari tahlil qilingan. Qiyosiy tahlil natijalariga ko‘ra, har ikkala adabiy an’anada tabiat obrazlari inson tuyg‘ularini ifodalashda umumiylikka ega bo‘lsa-da, milliy va madaniy xususiyatlar sababli ular o‘ziga xos ma’noga ega. Xitoy adabiyotida konnotativ nominatsiya ko‘proq falsafiy va ramziy mazmun kasb etsa, turkiy adabiyotda u lirik va hissiy ohangda namoyon bo‘ladi. Maqolada konnotativ nominatsiyaning milliy adabiy tafakkurdagi o‘rni va funksiyasi haqida xulosalar chiqarilgan.