MUXAMMADIYEV Nodir Rustamzoda
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati o‘zbek shevalarida qo‘llanilayotgan o‘zlashgan leksik birliklarning semantik xususiyatlari tahlil qilingan. Shevalarda ishlatilayotgan o‘zlashma so‘zlarning lug‘aviy va kontekstual ma’nolari, ularning adabiy til bilan farqi, tarixiy-etimologik ildizlari hamda mahalliy sharoitdagi o‘zgarishlari yoritilgan. Noqardosh tillardan kirib kelgan so‘zlarning mintaqaviy o‘zgarishi, moslashish darajasi va semantik ma’no qamrovi asosida ko‘rsatib berilgan. Maqolada til o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga kelgan lingvistik hodisalar orqali Qashqadaryo shevalarining lug‘aviy boyligi va o‘ziga xosligi ochib berilgan. Tadqiqot natijalari shevaga xos leksikani qiyosıy o‘rganish, tarixiy tilshunoslik va madaniy aloqalarni yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.