TURKISTON GILAM SAN’ATI: KOLLEKSIONERLIK VA KOʻRGAZMALAR FAOLIYATI KONTEKSTIDA



Mualliflar:

SAFAYEV Mansur Maxmudovich

Annotatsiya:

Maqolada XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston mintaqasiga oid gilam kolleksiyalarining shakllanishi yoritiladi. Unda ularning mahalliy, butunrossiya va xalqaro ko‘rgazmalarda namoyishi arxiv materiallari va ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda gilamlarning dastlab turli harbiy yurishlar va ilmiy ekspeditsiyalar jarayonida yig‘ilib, shaxsiy kolleksiyalar, yirik muzeylar va ilmiy muassasalar fondlariga o‘tishi ko‘rsatib beriladi. XIX asr oxirida antikvar bozorlarning shakllanishi shaxsiy kolleksionerlik faoliyatini kengaytirgani va ilmiy hamda badiiy qiziqishlarni kuchaytirgani ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Rus “orientalizmi” doirasida gilam san’atiga qiziqish kuchaygani esa A. A. Bogolyubovning, N. F. Burdukov va A. E. Felkerzamning tadqiqotlari misolida yoritiladi. Bu jarayon kolleksiyalarning ixtisoslashuvi va ilmiy qiziqishlarning ortib borishi bilan izohlanadi. Buxoro amirligidagi gilamlar saqlanadigan maxsus “qolinxona” saroy kolleksiyasining shakllanishida muhim rol o‘ynagani va gilamlarni yig‘ish hamda saqlash jarayonini markazlashtirgani ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari gilam kolleksiyalarining shakllanish jarayoni tarixiy voqeliklarni ochishda muhim ilmiy ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu jarayon ularni madaniy meros sifatida baholash imkonini beradi.