RIZO NURNING ADABIYOTSHUNOSLIKKA DOIR TADQIQOTLARI



Mualliflar:

Gulnoz SATTOROVA

Annotatsiya:

Ushbu maqolada turk olimi Rizo Nurning adabiyotshunoslik faoliyatiga doir qarashlari, jumladan turkiy adabiyot nazariyasi, chig‘atoy adabiyoti vakillari ijodi haqidagi fikrlari qalamga olinadi. Unda asosan, olimning turkiy she’r nazariyasi haqidagi qarashlari, olim tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari bo‘lmish nafis san’at, she’r va shoir, qanday shoir bo‘lish, turk she’riyati tarixi, turk she’riyati bo‘limi, turk shoirlari, imlo (tajvid), aruz, vazn, qofiya, she’r shakli, masnaviy kabi o‘nlab mavzularga, Alisher Navoiy ijodiga munosabati o‘rganiladi. Maqolada Rizo Nurning Parij Milliy kutubxonasida saqlanayotgan turkiy qo‘lyozmalar, xususan, Alisher Navoiy asarlari qo‘lyozmalari tasniflari, ularga olimning munosabati haqida so‘z boradi.