YULDASHEV Muso Muhammadiyevich, YULDASHEVA Dilshoda Musayevna
Maqolada turkiy tillarning qadimgi sivilizatsiyalar va Amerika qit’asi mahalliy xalqlari tillari bilan qiyosiy-tipologik o‘rganilishi masalasi ko‘rib chiqiladi. Xususan, shumer va turkiy tillar o‘rtasida kuzatiladigan morfologik hamda leksik parallelizm – jins kategoriyasining yo‘qligi, agglutinativ tuzilish, affiksatsiyaning ustuvorligi va ayrim ildiz shakllarining yaqinligi S. Kramer va I. Kaneva qarashlari asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, Amerika hindulari tillari (Siu, Na-Dene, Navaxo va boshqalar) bilan turkiy tillarning tipologik qiyosi F. L. O.Rerig va E.Sepir ilmiy merosi doirasida yoritiladi. Tadqiqotda ushbu qarashlarning yakdil genetik bog‘liqlikni tasdiqlashga imkon bermasligi, biroq ular turkiy tillarning umumjahon til taraqqiyoti kontekstida o‘rganilishida muhim nazariy-metodologik ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi.