O‘RAZOV Alisher Doniyorovich
Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligida so‘zga xos xususiyatlar va uning tadqiqi masalasi uzoq davrlardan beri o‘rganib kelinadi. Bu bizga o‘zbek tilshunosligining tarixidan ma’lum. Tilimizning yaqin o‘tmishiga nazar tashlasak, zamonaviy o‘zbek tilshunosligida leksikologiya bo‘limining jiddiy tadqiqi XX asrdan boshlanganligining guvohi bo‘lamiz. Leksema bo‘yicha A.Hojiyev, Sh.Rahmatullayev, I.Qo‘chqortoyev, B.Mengliyev, R.Sayfullayeva, A.Nurmonov, M.Mirtojiyev, H.Ne’matov kabi tilshunos olimlarning tadqiqot ishlarida talqin qilingan. Leksema va so‘z munosabati til va nutq bog‘liqligining o‘zaro aloqadorligining muayyan birliklardagi aniq ko‘rinishi ekanligi, o‘zbek tilida leksema va uning lisoniy tabiati va nutqiy voqelanishi, leksemaning til qurilish birligi sifatidagi mavqeyi, yasama so‘zning lisoniylashib leksemaga aylanishi, o‘zbek tilining o‘z tabiati bo‘yicha leksema va morfemaning bir-biridan farqi (yetakchi morfema va ko‘makchi morfema), leksemaning alohida til qurilish birligi ekanligi haqida o‘zbek tilshunos olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy-tahliliy tadqiqotlar, shuningdek, leksemaga oid ayrim qarashlar va fikrlar tahlilga tortilgan.