XIDIROV Rajab Gulmatovich, BO‘RONOVA Mekkamtosh Xoliqulovna
Maqolada o‘zbek va tojik xalqlarining maqol, hikmatli so‘z va frazemalarining tilda keng qo‘llanishi va shakllana borishi, til egalarining madaniyati, tarixi, urf-odatlari, ichki his-tuyg‘ulari, orzu-umidlari, hamiyatini aniqlashda iboralarning beqiyosligi haqida ma’lumot beriladi. O‘zbek va tojik tillarining parema va frazemalarga boyligi, ularning xilma-xilligi, leksikologiyada tutgan o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish tillarning nafaqat lug‘aviy zaxirasining takomillashuviga, shuningdek, bu xalqlarning uzoq tarixiy do‘stlik ildizlari, hayotiy tajribalari va kuzatishlari, tafakkur qonuniyatlarini yorqinroq dalillash, tillardagi ayrim frazemalarning omonimik, sinonimik, antonimik va boshqa xususiyatlarini yoritishga xizmat qiladi. O‘zbek va tojik tillarining maqol, hikmatli so‘zlar va frazemalarining biri ikkinchisiga tematik o‘xshashligi, bir-birini to‘ldirish xususiyatlari, semasiologik jihatdan uyg‘unligi bu ikki xalq o‘tmishining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy aloqalari natijasi ekanligi bayon etiladi.