MAVLONOV Axmadjon Xoshimovich, MUSTAFOQULOVA Marjona Bekzod qizi
Xalqimiz o‘xshatishlardan mahorat bilan foydalanadi va bu badiiy adabiyotda ham o‘z aksini topgan. Badiiy asarda o‘xshatishlar badiiy asar tilining tasviriyligi, obrazliligini kuchaytiruvchi, unga jozibadorlik va poetik ifodaviylik beruvchi vositalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘xshatishlar yozuvchi dunyoqarashi va badiiy mahoratining qay darajada yuqori ekanligini ham ko‘rsatib beruvchi unsurdir. Tilshunosligimizda o‘xshatishlarning ikki turi farqlanadi. Bular – turg‘un va individual o‘xshatishlardir. O‘xshatishlarni tatbiq qilish nafaqat tilimizning qay darajada tasviriyligini o‘rganishga, balki uning badiiy asardagi o‘rni va yozuvchi mahoratini tushunishga ham turtki bo‘ladi. Maqolada xalqimizning sevimli yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning hikoyalaridagi o‘xshatishlar ko‘rsatiladi va ularning tarkibi va turlari haqida so‘z yuritiladi.