TURKIY TILLARDA ETNOGRAFIZMLARNING SHAKLLANISHI VA RIVOJI: AREAL HAMDA LINGVOMADANIY TAHLIL



Mualliflar:

ISLAMOVA Dinara Azamatovna, JALILOVA Muxlisa Zafarjon qizi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada turkiy tillarda uchraydigan etnografizmlarning shakllanishi, tarixiy rivoji, madaniy hamda lisoniy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda etnografik birliklar xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, marosimlari hamda ijtimoiy munosabatlari bilan uzviy bog‘liq holda shakllanishi ilmiy asosda yoritiladi. Turkiy tillar materiallari, jumladan, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, va qoraqalpoq tillaridagi etnografik birliklar qiyosiy-lingvistik va lingvomadaniy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, etnografizmlarning globallashuv sharoitida yo‘qolib borish xavfi va ularni asrab-avaylashning lingvistik hamda madaniy mexanizmlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari turkiy tillar leksikasi, etnolingvistika va lingvokulturologiya masalalarini o‘rganishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.