“DEVONU LUG‘OTI-T TURK” ASARIDA KELTIRILGAN VATAN VA VATANPARVARLIK MAVZUSIDAGI PAREMALARNING SEMANTIK TADQIQI



Mualliflar:

SHARIPOVA Ozoda Xolmurodovna

DOI:
Annotatsiya:

Har bir etnik guruhning o‘ziga xosligini, o‘tmishi-yu bugunini, madaniyatini, ong-u shuurini o‘rganishda maqollar asosiy vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Xalq donoligining mahsuli bo‘lgan maqollarda ijtimoiy hayotdagi turli mavzularga oid fikrlar bayon etilgan. Mazkur tadqiqotda buyuk qomusiy olim Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘oti-t turk” asarida keltirilgan vatan va vatanparvarlik mavzusidagi paremalar to‘plangan va konseptual doirada semantik tahlil qilingan. Tahlil davomida paremalardagi lingvokulturologik belgilar izohiga alohida e’tibor qaratilib, turkiy xalqlar tarixida ayni tushunchalar qanday mazmun-mohiyatga ega bo‘lganligi ochib berilgan. Uzoq tarixiy taraqqiyot davomida bunday purmazmun hikmatnomalarning ayrimlari iste’moldan chiqib ketgan bo‘lsa, ayrimlari shaklan o‘zgarishga uchragan holda ijtimoiy hayotda faol qo‘llanib kelinmoqda. Maqolada ularga alohida-alohida to‘xtalinib, bugungi kun kishisi uchun tushunarli tarzda izohlangan – tabdil va tahlili keltirilgan. Maqollarni tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi.