ALISHER NAVOIY ADABIY MEROSINING USMONLI SHOIRI SHAYH G‘OLIB IJODIGA TA’SIRI



Mualliflar:

Rohila RUZMANOVA

DOI:
Annotatsiya:

Ushbu maqolada turkiy adabiyotning buyuk mutasavvuf shoiri Alisher Navoiy adabiy merosining usmonli turk adabiyoti vakillari, xususan shoir Shayh G‘olib ijodiga ta’siri masalasi tahlil qilindi. Shayh G‘olib hayoti va ijodiga to‘xtalinib, shoir ijodining turk adabiyotidagi o‘rni, devoni haqidagi ma’lumotlar keltirildi. Alisher Navoiy ijodi ta’sirida usmonli turk adabiyotida rivojlangan lirik janrlardan biri qasidanavislik misolida “Hiloliya” va “Mehtab (Mohtob)” va “Çerağ (Chiroq)” qasidalari g‘oyaviy-badiiy jihatdan tahlil qilinib, ijodiy izdoshlik va adabiy ta’sir masalasi yoritildi.