BEKMURADOVA Iroda Zokir qizi
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi slenglarning lingvistik xususiyatlari ochib berilgan. Tilda mavjud slenglarning etimologik, morfologik, semantik, tematik xususiyatlari o‘rganilib, umumlashtirilgan hamda o‘zaro moslik asosida guruhlangan. Slenglar tasnifining bugungi kun ilm-fanidagi ahamiyati tavsiflangan. O‘zbek tilidagi slenglarning lingvistik, sotsiolingvistik va nutq vaziyatidagi o‘rni tahlil qilingan. Shu bilan bir qatorda maqolada o‘zbek tilidagi slenglarning kelib chiqishi (etimologiyasi) va hosil bo‘lish usuliga ko‘ra tasnifi berilgan. Maqolada slenglarning ma’noviy bo‘yoqdorligi ham o‘rganilib, ularning ijobiy, salbiy va neytral baho formasiga ega ekanligi ko‘rsatiladi. Shuningdek, maqolada slenglarning mavzuviy tasnifi berilgan. Mazkur qarashlar o‘zbek tilida slenglarning o‘rni va funksiyalarini yanada aniqroq tushunishga yordam beradi.