“XAZOYIN UL-MAONIY” TEKSTLARINI O‘RGANISH VA NASHRGA TAYYORLASHNING ASOSIY MASALALARI



Mualliflar:

Hamid SULAYMON (Maqolani nashrga tayyorlovchi: Oysara MADALIYEVA)

DOI:
Annotatsiya:

“Xazoyin ul-maoniy”ning 1959–60- yillarda amalga oshirilgan nashriga kirish tadqiqoti sifatida yozilgan ushbu maqola muallif tomonidan besh qismga ajratilgan. Har bir qismda Alisher Navoiy lirikasi tarixi bilan bog‘liq kamida bir yoki bir necha masalaga oydinlik kiritiladi. Maqolada o‘z yechimini topgan muammolar faqat manbashunoslik va matn tarixi bilan bog‘liq bo‘lmay, tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid ayrim muhim masalalarni ham qamrab olgan. Xususan, unda Navoiy lirikasini o‘zida saqlab kelayotgan nodir qo‘lyozmalar haqidagi muhim bahslar, ularga ko‘ra shoir lirikasini davrlashtirish masalalaridan tortib, ushbu lirikaning til xususiyatlari – lug‘at tarkibi, matnning transkripsion va transliteratsion jihatlari, shuningdek, sheʼrlarning vazniga tegishli dastlabki ilmiy farazlar va xulosalar bilan tanishish mumkin.