HATAMOV Ziyodin Mamadullayevich
Ushbu maqola o‘zbek tilidagi modal so‘zlarning tasnifi, xususiyatlari va etimologiyasiga oid ilmiy qarashlarga bag‘ishlangan. Sobiq ittifoq davrida o‘zbek tiliga bag‘ishlangan bir nechta darslik-qo‘llanmalar va maqolalarda, alohida ilmiy tadqiqotda tilimizdagi modal so‘zlar o‘rganilgan, ta’rif va tasniflari amalga oshirilganiga qaramay, ularda nisbatan turlicha ilmiy qarashlar va tasniflar mustaqillik davrida ham kuzatiladi. Muallif o‘zbek tilidagi so‘z turkumlari bo‘yicha qilingan ilmiy qarashlar asosida modal so‘zlarni aniqlaydi va tasnifini amalga oshiradi. Ma’lumki, zamonaviy o‘zbek tilshunosligi kattagina davrni bosib o‘tdi. So‘z turkumlari tasnifiga oid yangicha mezonlar ishlab chiqildi. Umuman, so‘z tushunchasi haqidagi ilmiy qarashlar o‘zgardi. Tilshunoslik markazida turuvchi lingvistik paradigmalar o‘zgarishi va modallik kategoriyasining yuqori mavqega ko‘tarilishi natijasida modal so‘zlarga bo‘lgan ilmiy qarashlar ham o‘zgardi. Maqolada xuddi shu jarayon ham qisqacha izohlanadi.