ESHQOBIL SHUKUR SHE’RLARIDA TAKRORNING MATN QISMLARINI BOG‘LASHDAGI ROLI



Mualliflar:

RAHMATOVA Sevara Alisherovna

DOI:
Annotatsiya:

Badiiy adabiyotda takror nafaqat konnotatsiyani hosil qiluvchi, balki matn qismlarini bir-biriga bog‘lovchi, uning yaxlitligini ta’minlovchi vosita hamdir. Takror nafaqat matn mazmunini shakllantiruvchi, balki muallif g‘oyalarini yuzaga chiqaruvchi vosita vazifasini ham bajaradi.Ushbu maqolada poetik matnda takrorlarning tutgan o‘rni, xususan, takrorning matn qismlarini bog‘lashdagi ahamiyati xususida so‘z boradi. Iste’dodli o‘zbek shoiri Eshqobil Shukur she’rlarida qo‘llangan leksik, morfologik va sintaktik birliklar takrori orqali matn qismlarida mantiqiy-semantik bog‘lanishning yuzaga keltirilishi misollar orqali izohlanadi. Bunda she’rning misrasi bo‘lib kelgan gap yoki so‘z birikmasi she’r bandlarining turli o‘rinlarida takror qo‘llanganligi tahlil etiladi. Shu bilan birga, shoir she’rlarida qo‘llangan qisman o‘zgarishga uchragan takrorlarning ham matn qismlarini bog‘lovchi, uning yaxlitligini ta’minlovchi vosita vazifasini bajarganligi bayon etiladi.