DJUMAMURATOV Kuanishbay
Mazkur maqolada ingliz va qoraqalpoq tillaridagi frazeologik birliklarni o‘rganishda komponentli tahlil qo‘llanilgan va tadqiqotda paradigmatik aloqalari aniqlangan. Komponentli tahlilda so‘z ma’nosi tuzilishida bir nechta semalar ajratilgan: arxisema va differensial sema umumiy obyekt sinfiga xos xususiyatlarni aks ettiradi; differensial sema va ular orqali so‘zning o‘zagini tashkil etuvchi leksik-semantik guruhning so‘zlari aniqlangan va ularning boshqa so‘zlardan farqlari ajratilgan. Komponentli tahlil uch bosqichda amalga oshirilgan: paradigmatik munosabatlar, differensial semalar, natijalarni taqqoslash. Shu bilan birga, ma’lum ranglarning kategorial, leksik va grammatik semalari ajratib ko‘rsatilgan va ularning o‘zagiga suffiks va qo‘shimchalar qo‘shilishi orqali semalarning o‘zgarishi kuzatilgan.