HINDISTON HUKMDORLARINING SAMARQANDGA TUHFASI



Mualliflar:

RAHMONOVA Parvina

DOI:
Annotatsiya:

Ushbu maqolada Amir Temur maqbarasining qurilish tarixi, Temurning piri Sayyid Barakaning siyosiy hayotda uni qo‘llab-quvvatlash sabablari ochib berilgan. Shu bilan birga Ashtarxoniylar sulolasi davridagi Samarqand hukmdorlari – Hojibiy otaliq do‘rmon, Nodir devonbegi, Abdulkarimbiylarning amalga oshirgan islohotlari va Hindiston podshohlari – Akbarshoh, Avrangzeblarning ushbu inshootning ta‘miri va muhofazasi uchun har yili o‘z amaldorlari yoki samarqandlik amaldorlardan yuborgan tuhfalari va uning sarflanish tartiblari, xodimlari haqida, maqbaraning hovlisida joylashgan Buxoro podshohlarining taxtga o‘tiradigan toshi – ko‘ktosh, ushbu afsonaviy toshning g‘ayritabiiy xususiyatlari, hukmdorni oq namatga ko‘tarish va bu marosim haqidagi, sayohatchilarning bu haqida yozib qoldirgan esdaliklari, Mirzo Ulug‘bekning Mo‘g‘uliston yurishidan olib keltirgan uchta nefrit toshlari haqidagi ma’lumotlar manbalar asosida dalillangan.