TURKISTON OʻLKASIDA TIBBIYOTNI JORIYLASHDA YUZAGA KELGAN IJTIMOIY MUAMMOLAR



Mualliflar:

Xurshid Sirojiddinovich JUMANAZAROV

Annotatsiya:

Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib olgandan soʻng oʻlkada yangi tibbiy tizim va qoidalarni joriy etish yoʻlidan bordi. Aslida oʻlkani bosib olishda qatnashgan hamda bosqindan soʻng ham bu yerda xizmatini oʻtayotgan harbiylar, ularning oila a’zolari hamda keyinchalik koʻchib kelgan ruslarni manfaalaridan kelib chiqib yangi tibbiy tizim tashkillashtirilgan edi. Ammo shunday boʻlsada, turkistonliklani ham tibbiy yordamdan mosuvo qilish turli iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yuzga keltirishini anglagan mustamlaka hukumati milliy aholi orasida ham tibbiy xizmatni joriylashga urindi. Ammo, aholini yashash tarzi, diniy qarashlari, milliy qadryatlari oʻrtasidagi tafovut turli ijtimoiy muammolarni yuzga keltirdi. Jumaladan, markazdan olib kelingan shifokorlarning turkistonliklar tilini bilmasligi, diniy e’tiqoddagi farqlar masalani chigallashtirgan. Shuningdek, turkistonliklarning yangi tibbiy jihozlarga munosabat hamda harbiy kiyimda yuradigan shifokorlarga ham zobit deb qarashi bu muammolarning koʻlami katta ekanligini koʻrsatadi.