Shoira HAMDAMOVA
Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Samarqand viloyatida vaqf mulklarining huquqiy maqomi va ularning Rossiya imperiyasi ma’muriyati davridagi oʻzgarishlari arxiv manbalari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida Oʻzbekiston Milliy Arxivida saqlanayotgan, Hazrati Maxdumi Xorazmiy madrasasiga taalluqli vaqfnoma hujjati tanlab olinib, uning tuzilishi, mazmuni, mulk turlari, chegaralari hamda mutavalliylikka oid shartlari yoritilgan. Shuningdek, vaqf hujjatlarining uzoq muddat koʻrib chiqilishi, xon muhrining mavjud emasligi sababli yuzaga kelgan huquqiy muammolar hamda mustamlaka davrida vaqflarning amaliy faoliyatiga koʻrsatilgan ma’muriy ta’sir masalalari ochib beriladi. Maqolada vaqf hujjatlarining tarixiy manba sifatidagi ahamiyati ham asoslab beriladi.