DAVRONOV Xolbek Zokir o‘g‘li
Mazkur tadqiqot “XVI asr ikkinchi yarmida Usmonli – Buxoro diplomatiyasi va unda Eron omili” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Usmonli imperiyasi hamda Buxoro xonligi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning shakllanishi, rivojlanishi va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi. Tadqiqotda, ayniqsa, Eron (Safaviylar davlati)ning mintaqadagi geosiyosiy jarayonlarga ko‘rsatgan ta’siri, uning ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarga ta’sir etuvchi muhim omil sifatidagi o‘rni yoritilgan. Ishda XVI asr ikkinchi yarmida yuz bergan siyosiy vaziyat, harbiy to‘qnashuvlar, diplomatik yozishmalar va elchilik aloqalari tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, Usmonli–Safaviy va Buxoro–Safaviy munosabatlari kontekstida uch tomonlama siyosiy muvozanat, manfaatlar to‘qnashuvi hamda ittifoqchilik elementlari ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida mazkur davrda O‘rta Osiyo va Yaqin Sharq hududlaridagi xalqaro munosabatlarning o‘ziga xos modeli, diplomatik strategiyalar va Eron omilining hal qiluvchi roli aniqlangan.