“ALPOMISH” DOSTONI VA “KITOBI DADA QO‘RQUT” ASARIDA FARZANDSIZLIK MOTIVI



Mualliflar:

MUXITDINOVA Badia Muslihiddinovna, AXMEDOVA Baxtigul Xaitmurot qizi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada “Alpomish” dostoni hamda Kitobi Dada Qo‘rqut tarkibidagi Bo‘g‘ochxon va Bamsi Bayrak haqidagi hikoyalar qiyosiy-tipologik asosda tadqiq etiladi. Ishda farzandsizlik motivining epik syujetni shakllantirishdagi funksiyasi, dramatik konfliktni yuzaga keltirishdagi roli hamda qahramon obrazining poetik asoslanishidagi ahamiyati atroflicha tahlil qilinadi. Har ikki asarda farzandsizlik ota-onaning jamiyat oldida kamsitilishiga sabab bo‘lib, ijtimoiy va ruhiy ziddiyatni kuchaytiradi. Aynan shu vaziyat voqealar rivojining boshlanish nuqtasini tashkil etadi. Ilohiy marhamat, duo, ehson, xalq olqishi va e’tiqod orqali farzand berilishi qahramonning tanlangan shaxs sifatidagi maqomini mustahkamlaydi. Mo‘jizaviy tug‘ilish motivi turkiy mifopoetik tafakkur, arxaik qarashlar va epik an’analar bilan uzviy bog‘liq holda talqin qilinadi. Xulosa sifatida farzandsizlik motivi epik kompozitsiyaning boshlang‘ich harakatlantiruvchi mexanizmi ekani, qahramonning keyingi sinovlari, janglari, sadoqati va bahodirlik yo‘lini belgilashi ilmiy dalillar bilan asoslanadi.