ISOMIY SAMARQANDIYNING “FUTUH US-SALOTIN” ASARIDA NIZOMIY DOSTONCHILIK AN’ANALARIGA ERGASHISH



Mualliflar:

Foziljon SHUKUROV

Annotatsiya:

Ushbu maqolada XIV asrning atoqli shoiri va tarixchisi Isomiy Samarqandiy ijodida Nizomiy Ganjaviy an’analarining tutgan o‘rni va badiiy ta’siri tahlil qilinadi. Nizomiy adabiyot tarixida doston janrini takomillashtirish va kompozitsion tizimni mustahkamlashda alohida o‘ringa ega bo‘lib, Isomiy ham aynan shu an’anaga tayanib, o‘zining «Futuh us-salotin» nomli manzum tarixiy asarini yaratgan. Maqolada Isomiyning Nizomiyni o‘ziga ma’naviy rahnamo deb bilishi, asar tuzilishi, vazni va tasviriy vositalaridagi o‘xshashliklar qiyosiy-tahliliy metod orqali ochib beriladi. Shuningdek, «Futuh us-salotin» asarining Hindiston tarixi, xususan Sulton Mahmud G‘aznaviy shaxsiyatiga berilgan bahosi orqali uning nafaqat badiiy asar, balki XIV asr siyosiy va tarixiy tafakkurining muhim hujjati ekanligi isbotlanadi.