METAMORFOZA HODISASINING BADIIY-FALSAFIY AHAMIYATI



Mualliflar:

Akram Haydarovich TOSHPO‘LATOV

Annotatsiya:

Mazkur maqolada adabiyotda obraz yaratishning o‘ziga xos usuli sifatida qaralayotgan metamorfoza motivi, uning o‘ziga xos xususiyatlari hamda nazariyasiga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan. Tahlilga tortilayotgan dostonlar sujetida, kompozitsiyasida ushbu usulning muallif maqsadini ifodalashdagi o‘rni masalasi o‘rganilgan. Jumladan maqolamiz obyekti bo‘lgan turkiylarning “Qo‘rqut ota kitobi” dostoniga tegishli bir nechta hikoyalarning badiiy-g‘oyaviy qimmati evrilish motivlari chegarasida tahlilga tortilgan. Ibtidoiy tasavvurlar mevasi bo‘lgan parilar, Xizr ota, devlar va ularning shaklini o‘zgartirib har xil qiyofalarga kirishi hamda ularning badiiy adabiyotda tutgan o‘rni masalasi chuqur yoritilgan. Asar qahramonlarining tabiat hodisalariga munosabati, ularning tabiat bilan uyg‘unlikda yashashi, shuning uchun ham daraxtga, toshga, hayvonlarga aylanib, yaxshilik yoxud yovuzlikka xizmat qilishi kabi badiiylik yaratish xususiyatlari ochib berilgan. Metamorfoza hodisasi muallifga obraz yaratishga vosita bo‘libgina qolmay, balki asarning badiiy-estetik g‘oyalar bilan boyishiga ham maksimal xizmat qilishligi talqinlarda ko‘zga tashlanadi.