SALOHIY Dilorom Isomiddin qizi
Maqolada sharq mumtoz adabiyoti o‘z taraqqiyotining barcha bosqichlarida yangi va ilg‘or adabiy-estetik an’analarga asoslanganligi haqida Zahiriddin Boburning “Boburnoma” asari misolida fikr yuritiladi. Ijtimoiy voqelikni teran ifodalash, unda inson hayotini va shaxsiyatini hech qanday mubolag‘alarsiz, to‘qimalarsiz aniq va ravshan aks ettirish “Boburnoma”ning tarixiy-adabiy asar sifatidagi o‘ziga xos badiiy-ilmiy qimmatini namoyon qiladi. Asarda xotin-qizlar ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy hayotiga daxldor umumbashariy qadriyatlar, umuminsoniy tuyg‘ular ifodasi o‘zining to‘laqonli va teran aksini topgan va bu muammoni tadqiq etish katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Unda Boburshohning diniy e’tiqodi, u ixlos qo‘ygan tarixiy shaxslar – onasi Qutlug‘ Nigorxonim, opasi Xonzodabegim, rafiqasi Mohimbegim va boshqa ayollar bilan muloqotlari, ayollar va ularning taqdirlari haqidagi fikrlari, xulosalari haqida so‘z yuritiladi. Kitobda bugungi kun o‘quvchisi qiziqishlari va talablari ham nazarda tutilgan holda ilmiy-tarixiy manbalardan ma’lumotlar keltirilgan.