TURLI MILLAT O‘YINLARI NОMLАRINING ЕTIMОLОGIK TАHLILI



Mualliflar:

XUSANOVA Gulasal Shuhratjon qizi

Annotatsiya:

Ushbu ilmiy maqolada o‘zbek xalqi va jahon xalqlarining milliy qadriyatlari tizimidan mustahkam o‘rin egallagan, eng ommaviy ijtimoiy-madaniy tadbirlardan biri hisoblangan milliy xalq o‘yinlarining lisoniy va etimologik tabiatini tadqiq etishga asosiy e’tibor qaratilgan. Tadqiqot jarayonida milliy o‘yinlarning leksik-semantik qurilishi va ularning nomlanish tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan chuqur etimologik tahlillar ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Xususan, turkiy tillarning bebaho xazinasi va asosi bo‘lmish Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asari, buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning dostonlari hamda Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida tilga olingan qadimgi turkiy o‘yin nomlari, ularning kelib chiqishi, genezisi va asrlar davomida yuz bergan semantik transformatsiyasi atroflicha yoritilgan. Maqolada xalq o‘yinlarining nafaqat jismoniy tarbiya vositasi, balki milliy mentalitet, o‘ziga xos madaniyat va tarixiy xotirani kelajak avlodga bezavol yetkazishdagi o‘rni boy folklor namunalari orqali tahlil qilingan. Shuningdek, o‘yin nomlarining turli tillardagi o‘xshash hamda farqli jihatlari qiyosiy o‘rganilib, ularning etimologik ildizlari bo‘yicha muhim ilmiy xulosalar shakllantirilgan.