QIPCHOQ SHEVASI LEKSIKASINING TARKIBIY-MAZMUNIY TAHLILI



Mualliflar:

MAVLONOV Axmadjon Xoshimovich

Annotatsiya:

Sheva hamda dialektlar adabiy tilni boyituvchi manbadir. Sheva hududiy chegaralangan so‘zlardir. Lahja esa bir-biriga yaqin bo‘lgan shevalar yig‘indisidir. Dialekt termini esa sheva hamda lahjaga nisbatan qo‘llanadi. Ularni o‘rganuvchi tilshunoslikning bo‘limi dialektologiyadir. O‘zbek tili qarluq, qipchoq va o‘g‘iz dialektlaridan tashkil topgan. Ushbu maqolamizda qipchoqlar, qipchoq dialektining ichki guruhlarga bo‘linishi, har bir guruhning tarkibidagi shevalar, shevalarga xos so‘zlar, professor Xudoyberdi Doniyorov, prof. V.V.Reshetov, S.Ibrohimov, F.Abdullayev, T.Turg‘unov, A.Aliyev hamda Sh.Nosirov va boshqa olimlarning qipchoq shevasi tadqiqiga qo‘shgan hissalari sanab o‘tilgan. Olimlar tomonidan qipchoq lahjasi sharqiy qipchoq dialekti, g‘arbiy qipchoq dialekti, Farg‘ona vodiysi qipchoq dialekti, janubiy qipchoq dialekti, Shimoliy Xorazm qipchoq dialekti kabu besh guruhga bo‘lingan bo‘linib, ularning har biri alohida tahil qilingan. Qipchoq dialektiga rus, arab va fors tilidan o‘zlashgan so‘zlar, buning tarixiy sabablari haqida fikr va mulohazalar keltirilgan. Tilshunoslikning tabu va evfemizm kabi hodisalari, ularning qipchoq lahjasida qo‘llanishi tadqiq qilingan.