XOLMANOVA Zulxumor Turdiyevna
Maqolada turkiy tillardagi lug‘aviy birliklarning milliy tafakkurni aks ettirish hamda axborot uzatishdagi funksional-semantik xususiyatlari tahlil qilingan. Leksema semantikasi doirasida semema va semalar tizimidagi o‘zgarishlar, xususan, semantik torayish va kengayish jarayonlari diaxron va sinxron yondashuv uyg‘unligida izohlangan. Bunday o‘zgarishlar turkiy tillar tabiatiga xos ko‘p ma’nolilik, konnotatsiyaga ko‘ra voqelanishi misollar orqali ko‘rsatib berilgan. Turkiy tillardagi lug‘aviy birliklar faqat nominativ vosita emas, balki xalqning tarixiy xotirasi, madaniy tajribasi va kognitiv modeli mujassam bo‘lgan akkumulyativ birlik sifatida tahlil qilingan. “Devonu lug‘otit turk” hamda “Muhokamat ul-lug‘atayn”dan olingan misollar asosida til va tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik nazariy jihatdan dalillangan. Shuningdek, ayrim leksemalarning semantik tahlili orqali til birliklarida milliy dunyoqarash, baholash va konseptualizatsiya mexanizmlari ko‘rsatib berilgan. Til birliklarining axborotni madaniy qarashlarga xos ravishda saqlovchi va uzatuvchi dinamik tizim ekanligi asoslangan.