Ahmad RAHIMOV
Xalq ogʻzaki ijodi namunalari turkiy xalqlarning mushtarak nomoddiy madaniy merosi hisoblanadi. Ham adabiyotshunoslik, ham tilshunoslik tadqiq metodlari bilan tahlil olib boradigan folklorshunos ilmi uchun xalq dostonlari matnini lisoniy tadqiq qilish adabiy til va uning tarixiy tadrijiy bosqichlarini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada Ergash Jumanbulbul oʻgʻli tomonidan kuylangan “Xushkeldi”, “Qunduz bilan Yulduz” kabi ishqiy dostonlarda qoʻllanilgan ayrim leksik birliklar qiyosiy-tarixiy jihatdan tadqiq qilingan. Ya’ni, qadimgi turkiy soʻzlar hamda tilimiz taraqqiyotining keyingi bosqichlarida oʻzlashgan forsiy va arabiy soʻzlar hozirgi adabiy til materiallari bilan taqqoslangan. Tadqiqotda ilmiy-nazariy manbalar bilan birga “Qadimgi turkiy soʻzlar lugʻati” kabi leksikografik matndan ham keng foydalanilgan.