TURKIYSHUNOSLIKKA OID TADQIQOTLARDA DIALEKTAL BIRLIKLARNING OʻRGANILISH MASALALARI



Mualliflar:

Shavkat MAHMADIYEV

DOI:
Annotatsiya:

O‘zbek tilshunosligida ham xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganish, ularni to‘plash va tasniflash masalalari uzoq tarixga ega. Bu boradagi manbalar haqida gap ketganda, so‘zsiz, XI asrda Mahmud Koshg‘ariy tomonidan yaratilgan “Devonu lug‘otit turk” asari alohida o‘rin tutadi. Asar matnida xalq og‘zaki ijodi janrining deyarli barcha ko‘rinishlariga oid namunalar: maqollar, xalq qo‘shiqlari, ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, urf-odat va marosimlarni ifodalovchi til birliklari, ularning izohlari o‘rin olgan. Bundan tashqari, tarixiy lugʻatlarimizda dialektal birliklarni oʻrganish, tahlil qilish va boshqa tillarda tarjima qilish ham izohlash borasida koʻpgina ishlar amalga oshirilgan. Ushbu kichik tadqiqotda turkiy tillar tarixida dialektal birliklarning tadqiqi tarixi, maqsad va vazifalari haqida fikr yuritiladi